<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Menga shunday ishq ber</title>
<lyrics>[C1]
   Menga shunday ishq berki, abadiy yonay
   U ishqda hiyonat aldov boʻlmasin!

[V1]
 Menga shunday ishq berki, abadiy yonay!
 U ishqda hiyonat aldov boʻlmasin!
 Toki huzuringda goʻzal oʻtiray!
 Qalbimda bir gʻashlik, armon boʻlmasin!

[V2]
 Shunday ishq ber qalbimda Sendan Oʻzgasi;
 Xatto bir zumga-da kira olmasin!
 Avaylab asragin koʻnglim gʻunchasi
 Oʻzga bir ovchida kurtak yozmasin!

[V3]
 Seni sevay toki jonim tanamda.
 Sodiq boʻlay Senga har gʻalabamda.
 Ruhim osmoningda suzganda hatto!
 Mehmon qilmay oʻzgasin yurak xonamda.

[V4]
 Oʻzing adashtirma yoʻlingdan ey Rab!
 Yoʻl qoʻyma qaydagi his-xavaslarga!
 Sharafla ishlatgin kamtar kelinni.
 Toʻzgʻimasin hayollar har taraflarga!

[V5]
 Sendan soʻramasman ortiqcha boylik!
 Tilimni eng shirin buloq qilsang bas.
 Qozonay mehringni pok sevgim bilan!
 Shohligingda koʻzlarim chaqnab tursa bas!</lyrics>
</song>